Новая свежая музыка
2025 года!
TOPNA / Новые песни / Ozodbek Nazarbekov - Uyg'on o'glim

Ozodbek Nazarbekov - Uyg'on o'glim

Ozodbek Nazarbekov - Uyg'on o'glim
  • Слушали 237
  • Размер 11.93 MB
  • Длительность 05:12
  • Качество 320
  • Дата релиза 29.08.2025
Скачайте Ozodbek Nazarbekov - Uyg'on o'glim на topna.net! Бесплатная загрузка со своего телефона в формате MP3, 320 kbps, слушайте музыку онлайн.

Прослушать MP3 песню

Uyg'on o'glim
Ozodbek Nazarbekov
На звонок Скачать

Текст песни Ozodbek Nazarbekov - Uyg'on o'glim

Озодбек Назарбеков - Уйғон ўғлим
Ozod o‘g‘lim, hur o‘g‘lim
Har oning huzur, o‘g‘lim
Shahdingdan kun yorishsin
Yuzi yorug‘ nur, o‘g‘lim
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
El bo‘lsa yigit joni
Sel kabi jo‘shar qoni
Vatan desa dunyoni
Ikki chetga sur, o‘g‘lim
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim
Nafs ipin uzar bo‘lsang
Baxt ichra suzar bo‘lsang
Bir esking buzar bo‘lsang
Avval o‘nta qur, o‘g‘lim
Bizning ilm maktabi
Bo‘lgan dunyo matlabi
Buxoriy bobong kabi
Qilgin tafakkur, o‘g‘lim
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim
G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim
Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim
Ulug‘bek osmonida
Yulduz bo‘l, oy yonida
Beruniy ummonida
Bo‘l marvarid, dur, o‘g‘lim
El koriga bo‘lsang shay
Seni kaftimda tutay
Bobong Manguberdiday
O‘zni tut mag‘rur, o‘g‘lim
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim
G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim
Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim
Avlodning baxtga mosi
Ajdodlarga bo‘l xosi
Bibixonim momosi
Bobosi Temur, o‘g‘lim
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim
Yo‘lingda qancha chohlar
Uyg‘onmasliging xohlar
Sen esa shunday chog‘lar
Bo‘l qaytmas jasur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim
Yasha yurtni sha'nim deb
Har yerin chamanim deb
Hayqirib Vatanim! deb
Et faxr-u g‘urur, o‘g‘lim
Biz o‘tmish sen kelajak
Umring baxtga to‘lajak
O‘zginamning bo‘lajak
Navoiy, Bobur, o‘g‘lim

Рекомендованные песни

Template not found: /templates/na/addcomments.tpl